#22 HISORAK VAHIMASI: DAVLATNING FUNKSIYASI QAMASH EMAS, TEZKOR AXBOROT BERISH — Lolazor podcast
Description
Ushbu sonda biz energetika va gaz bilan bog‘liq muammolar, Jahon Savdo Tashkilotiga a’zolikning foyda-zararlari, migrantlarimiz, rublning kursi bilan bog‘liq noaniqliklar, jarima ballarini belgilash haqidagi qonun, manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi qonun, O‘zbekiston haqida noma’qul gap aytgan chet el fuqarolari 5 yil davomida O‘zbekistonga kiritilmasligi haqidagi loyiha, Gennis rekordlari kitobiga kiritilishi mumkin bo‘lgan mozaykalarimiz, mirishkor dehqonlarimizning g‘alla hosiliga baraka, “Hisorak” suv omboridagi vaziyat haqida gaplashdik.
“Lolazor”ning ushbu sonida byudjet masalasi, AQSH O‘zbekistonni JST’ga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlagani, Toshkent metropolitenida bo‘lgan holat, juda ko‘p imtiyozlarning yashirin tarzda berilayotgani, Amerikadagi saylov, propan arzonlashishi va yana ko‘plab mavzularda suhbatlashdik.
Published 11/09/24
“Lolazor”ning ushbu sonida Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov prezidentlik davri, hukumatdagi yozuvchilar, Abdulla Oripov va o'zbek she'riyati, o'zbek tilining holati, adiblar hayotiga oid xotiralar va boshqa mavzular xususida suhbatlashdik.
Bu galgi mehmonimiz – O‘zbekiston xalq...
Published 10/27/24