Episodes
“Lolazor”ning ushbu sonida byudjet masalasi, AQSH O‘zbekistonni JST’ga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlagani, Toshkent metropolitenida bo‘lgan holat, juda ko‘p imtiyozlarning yashirin tarzda berilayotgani, Amerikadagi saylov, propan arzonlashishi va yana ko‘plab mavzularda suhbatlashdik.
Published 11/09/24
Published 11/09/24
“Lolazor”ning ushbu sonida Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov prezidentlik davri, hukumatdagi yozuvchilar, Abdulla Oripov va o'zbek she'riyati, o'zbek tilining holati, adiblar hayotiga oid xotiralar va boshqa mavzular xususida suhbatlashdik. Bu galgi mehmonimiz – O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim.
Published 10/27/24
“Lolazor”ning bugungi mehmoni — san’atkor Dj.Piligrim. Ilhom Yo‘lchiyev (Dj.Piligrim) bilan hozirgi kundagi san’at, o‘zi madaniyati vazirligi kerak yoki kerak emasligi, “Ovoz. Bolalar” loyihasidagi vazifalari, futbolga qiziqishi, Rossiyada ham “запрет” bo‘lgani, Toshkent ekologiyasi, mashina haydayotganda yo‘l qoidalariga rioya qilishi va shunga o‘xshash ko‘plab mavzularda suhbat qurdik.
Published 10/19/24
Bugungi sonda biz energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov bilan qish mavsumiga tayyorgarlik, Boysundagi fojia, AES qurilishi masalasi, suyultirilgan gaz nega qimmatlab ketayotgani, 200 kilovatt chegarasi, mahsulot taqsimlash shartnomalari va boshqa turli mavzularda suhbatlashdik. Bu “Lolazor”ning eng qaynoq va bahsli sonlaridan biri bo‘ldi.
Published 10/05/24
Bugungi sonda biz Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova bilan bolalar ombudsmanining vazifalari, so‘nggi paytlarda bolalar bilan bilan sodir bo‘layotgan ayrim voqealar, bolalarni majburiy mehnatga jalb qilinishi, ota-onalik huquqidan qanday paytlarda mahrum qilinishi, oilaviy bolalar uylari, vasiylik va homiylik organi, bolalarni ekspluatatsiya qilish va yana ko‘plab mavzularda suhbatlashdik.
Published 09/29/24
Ushbu sonda biz korrupsiya mavzusiga chuqurroq nazar soldik. Suhbat davomida davlat amaldorlarining aktivlari, mol-mulklarini deklaratsiyalash bilan bog‘liq qonunchilik hujjati, o‘zi umuman deklaratsiyalashdan maqsad nima ekanligi, korrupsiyada jamoatchilik nazoratini o‘rni, elitar korrupsiya, pora olish va pora berishning bir xil jinoyat ekanligi, yopiq qarorlardagi korrupsiyaviy holatlar va yana ko‘plab mavzular ko‘tarildi. Mehmonimiz — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori...
Published 09/22/24
Orada bir oylik tanaffus qilgan “Lolazor” 3-mavsumni boshlab oldi. To‘g‘risi, sizlarni sog‘ingan edik. Ushbu sonda biz Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilarimiz, “Qorasuv” va “Uchqo‘rg‘on” posti, Boysundagi vaziyat, inflyatsiya, AES qurish kerak yo kerak emasligi, Amerikadagi saylovlar, sudlar hamda kelayotgan paxta mavsumi kabi mavzularda suhbatlashdik.
Published 09/14/24
Ushbu sonda biz Parijda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlari, ayniqsa futbol jamoamiz, o‘rta sinf qatlami, renovatsiya bo‘yicha qonun, qurilishlar, yo‘llardagi halokatlar, raqobat qo‘mitasi, elektromobillarga bojni qayta tiklashni so’rashgani to‘g‘risida suhbatlashdik. Shuningdek, “Lolazor”ning ikkinchi mavsumiga yakun yasadik va tanaffusga chiqishimizni e’lon qildik.
Published 07/27/24
Ushbu sonda biz siyosatshunoslik fani haqida, respublika va despotik davlatlarning farqi, hokimiyatning shaytoniy xususiyatga egaligi, saylov huquqi berilmagan erkinlikning xavfi, Amerikadagi saylovlar, siyosiy institutlarning qanchalik muhimligi, mustaqil va xolis sud tizimini yaratish, liberalizm, parlamentarizm, huquqshunoslik fanidan tushgan test sinovlari bilan bog‘liq muammolar, tarjima qilinayotgan kitoblar va yana ko‘plab mavzularda suhbat qurdik. Mehmonimiz — siyosatshunos,...
Published 07/20/24
Ushbu sonda biz ta’limdagi muammolar, rektorlarni saylashda chet el tajribalari, xususiy universitetlar, qaysi vazirliklar bizga kerak emasligi, JST’ga a‘zolikning foyda-zararlari, yo‘llardagi halokatlar va yo’l harakati xavfsizligi muammolari, Prezidentga yozilgan maktub hamda jamiyatimizda nima uchun tashqi ko’rinishga qarab muomala qilinishi kabi mavzular haqida suhbatlashdik. Mehmonimiz — Nyu York universiteti professori, iqtisodchi Behzod Hoshimov.
Published 07/13/24
Ushbu sonda biz qabul haqidagi yangiliklar, kvota kabi muhim yangiliklarning nega kech e’lon qilinishi, oliygohlarning ahvoli, ta’limdagi korrupsiya va tanish-bilishchilik, davlat granti berishning yangi tizimi, kontraktlar oshishi, super-kontraktlar yo’qolishi, akademik mobillik, kadrlar muammosi, xususiy universitetlarga litsenziya berilmayotgani va boshqa mavzular xususida suhbatlashdik. Bu galgi mehmonimiz – oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov.
Published 07/07/24
Ushbu sonda biz mehmonimiz Botir Qobilov bilan uning ilmiy faoliyati, Harvardda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish jarayoni, Texas universitetida professor bo‘lib ish boshlashi, Toshkent qimmat shaharligi, Toshkent urbanizatsiyasidagi o‘zgarishlar, prezident bilan uchrashuvdagi taassurotlari, kriptovalyuta va kapital bozorlari, treyderlikda nimaga e'tibor berish kerakligi, O‘zbekistonning tashqi qarzi, JST’ga a’zo bo‘lish, AES qurilishi kabi mavzularda suhbatlashdik.
Published 06/30/24
Ushbu sonda biz energetika va gaz bilan bog‘liq muammolar, Jahon Savdo Tashkilotiga a’zolikning foyda-zararlari, migrantlarimiz, rublning kursi bilan bog‘liq noaniqliklar, jarima ballarini belgilash haqidagi qonun, manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi qonun, O‘zbekiston haqida noma’qul gap aytgan chet el fuqarolari 5 yil davomida O‘zbekistonga kiritilmasligi haqidagi loyiha, Gennis rekordlari kitobiga kiritilishi mumkin bo‘lgan mozaykalarimiz, mirishkor dehqonlarimizning g‘alla hosiliga baraka,...
Published 06/16/24
Ushbu sonda biz Islom Karimov va uning atrofidagi ishlar, Murod Muhammad Do‘st va Alisher Azizxo‘jayev bilan bog‘liq voqealar, bugungi televideniye ahvoli, seriallar fojiasi, Rauf Parfi va Tog‘ay Murodning unvon olish jarayoni, Qatag‘onga uchragan ajdodlarimiz, Qodiriyning jasorati, sotqinlikda ayblanadigan G‘ofur G‘ulom, "Paxtakor-79" halokatining sababi va shu kabi boshqa mavzular haqida gaplashdik. Mehmonimiz — adabiyotshunos olim Rahmon Qo‘chqor.
Published 05/26/24
Ushbu sonda biz O‘zbekistondagi so‘z erkinligining holati, jurnalistika sohasidagi kadrlar, xalqaro reytingdagi o‘rnimiz pasaygani, qanday islohotlar qilish zarurligi, Senatda qolib ketgan qonun va Konstitutsiyaning buzilishi, O‘zbekistonliklarga viza olishning qiyinligi, daraxt kesgani uchun qamalganlar va bir nechta yaxshi xabarlar haqida gaplashdik. Mehmonimiz — Gazeta.uz nashri jurnalisti Shuhrat Latipov
Published 05/19/24
Ushbu sonda 9-may — Xotira va qadrlash kuni bayrami atrofidagi gap-so‘zlar, UzAutoMotors kompaniyasining 4500 ta Chevrolet Lacetti sotgani, davlat mulklarini xususiylashtirish jarayoni, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash maqsadida ishlab chiqilgan qaror loyihasi, "Lolazor" podkastiga berilgan raddiyalar, Moldova prezidentining intervyusi va boshqa mavzularda suhbatlashdik.
Published 05/12/24
Ushbu sonda biz “Do‘stlik” va “Abdulla Qodiriy” bog‘larini xususiy investorga berib yuborilishi, dollarning keskin oshishi, totalizatorga ruxsat berilayotgani, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi kabi mavzularda suhbatlashdik.
Published 04/28/24
1-mavsumni tugatib, Ramazon oyida tanaffusga chiqqan edik. Nihoyat 2-mavsumga start beryapmiz. Sizlar bilan g‘oyibona suhbat qurishni sog‘indik. Ushbu sonda odamlarning ijtimoiy kayfiyati tushayotgani, elektromobillar uchun ayrim cheklovlar kiritilayotgani, bankirlar haqidagi trend, energetika sohasidagi yangiliklar, maktablar hududining sotilishi, o‘qituvchilar oyligidan pul ushlab qolishlar, keraksiz tungi navbatchiliklar, "Tashabbusli byudjet" yakunlari, 37 mln aholi va shu kabi yana...
Published 04/20/24
Hurmatli do‘stlar. "Lolazor" podkastining 1-mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi. Biz Ramazon oyi davomida kichik tanaffusga chiqdik. Bizni unutib qo‘ymaysizlar, degan umiddamiz. Tez orada qaytamiz. Bizni qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun katta rahmat.
Published 03/10/24
Ushbu sonda biz o‘zbekistonlik mehnat migrantlari duch keladigan muammolar, Rossiyadagi o‘zbek mahbuslarini Vatanga olib kelish, Turkiya va Qozog‘istondagi migratsiya holati, Ukraina hududlarida ishlayotgan o‘zbeklar, aqlli kadrlarning xorijga ketib qolishi, benzin narxi va boshqa shu kabi mavzularda suhbatlashdik.
Published 03/03/24
Ushbu sonda biz ta’lim tizimidagi ayrim muammolar, energetika sohasidagi iqtisodiy shubhali loyihalar, O‘zbekistonda hindistonlik va bangladeshlik ishchilarning ishlashi, Prezident farmoni va uning atrofidagi mulohazalar, hokimlarning matbuotga ochiqligi, AI-80 benzin taqiqlanishi kabi mavzularda suhbatlashdik.
Published 02/25/24
"Lolazor" podkastining 13-sonida biz 1999-yil 16-fevraldagi Toshkentda bo‘lgan portlashlar, uning O‘zbekiston taqdiri uchun salbiy oqibatlari, Aleksey Navalniyning o‘limi, Sherzodxon Qudratxo‘ja va Rossiya bilan bog‘liq vaziyat, joriy yilgi Parlament saylovlari hamda o‘ng yoki so‘l partiyalarning farqlari kabi mavzularda suhbatlashdik.
Published 02/18/24
Ushbu sonda biz avvalgi suhbatlarda yo‘l qo‘yilgan xatolar, xulosalar, Osiyo kubogida O‘zbekistonning Qatardan mag‘lubiyati, "Tashabbusli byudjet" loyihasidagi yangiliklar, mahalla raislarining har kuni ertalab madhiya aytishi, shaharda sokin va yashil parklarning muhimligi va boshqa mavzularda suhbatlashdik. Shuningdek, eng muhimi “Lolazor” podkastining yopilishi haqida ham muhokama bor.
Published 02/11/24
Ushbu sonda biz tadbirkor va sobiq hokim Jahongir Ortiqxo’jayev bilan proteksionizm, yopiq qarorlar bilan beriladigan imtiyozlar, hokimlikdan ketish sabablari, futbol, “Paxtakor” klubi va stadioni taqdiri, ekologiya, Ortiqxo’jayevning xorijdagi mulklari, samolyoti va kemalari, Magic City bog’ining sotilishi va shu kabi boshqa mavzularda suhbat
Published 02/04/24