Episodes
Ukraina urushi hamada oziq-ovqat, energiya narxlarining oshayotgani dunyoni navbatdagi iqtisodiy inqirozga yetaklaydimi? Sanksiyalar Rossiyani qanchalik qashshoqlashtiradi? Bu O'zbekistonga qanday ta'sir qiladi? Iqtisodchi Behzod Hoshimov bilan shu savollar atrofida suhbatlashdik.
Published 05/14/22
Ukraina urushi Rossiyani zaiflashtirsa, Xitoyning Markaziy Osiyoga ta'siri kuchayishi mumkinmi? Xitoyning mintaqadagi asosiy manfaati va maqsadlari nimalardan iborat. Uyg'ur huquqlari faoli, tadqiqotchi Nijat Turg'un bilan shu mavzuda suhbatlashdik.
Published 05/07/22
Ukraina urushi nafaqat maydonlarda, balki axborot olamida ham yuz bermoqda. Kreml urush so’zini tilga olgan mahalliy jurnalistlarni javobgarlikka tortmoqda. G’arb esa propaganda vaji bilan Rossiya davlat OAVlarini bloklab qo’ydi. Bu so’z erkinligining bo’g’ilishimi yoki vaziyat taqozosi?
Published 04/30/22
O'tgan yili 300 ming kishilik yaxshi qurollangan Afg'oniston armiyasi sanoqli kunlar ichida poytaxt Kobulni Tolibonga boy berdi. Buning ortidagi asosiy sabablar nima edi? Afg’oniston sobiq hukumatining harbiy havo kuchlari vakili Zikrullah Amiriy bilan shu haqda gaplashdik.
Published 04/23/22
O'zbekiston ommaviy axborot vositalari Ukraina urushini qanday yorityapti? Jamoatchilik orasida u qanday muhokama qilinyapti? Jurnalist va huquqshunos Zafarbek Solijonov fikricha, O'zbekiston OAVlari Kreml propagandasi oldida ojizlik qilmoqda. Buning sabablari nimada? Muloqotni tomosha qiling.
Published 04/16/22
Tolibon "Amerika Ovozi" va "BBC" dasturlarining Afg'onistonda efirga uzatilishini taqiqladi. Yuqori sinflarda o'quvchi qizlar hanuz maktabga bora olmayapti. Bu orada Tolibon hukumati xalqaro hamjamiyat e'tirofini qozonishga urinmoqda. Afg'onistonda yuz berayotgan so'nggi voqealarni tahlil qildik.
Published 04/09/22
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog'an ikki kunlik rasmiy tashrif bilan O'zbekistonda bo'ldi. Tomonlar nimalarni muhokama qildi? O'zaro aloqalarda qanday yangiliklar bor? Turkiyadagi o'zbekistonliklar jamiyati yetakchilaridan biri Ergash Jumayev bilan shu haqda suhbatlashdik.
Published 04/02/22
Urush tufayli ko'plab yuqori malakali mutaxassislar Rossiya va Ukrainani tark etmoqda. Ular ko'chishni mo'ljallayotgan mamlakatlardan biri bu - O'zbekiston. O'zbekiston ularni o'ziga jalb qila oladimi? Axborot texnologiyalari bo'yicha mutaxassis A'zamjon Nemadaliev bilan shu haqda suhbatlashdik.
Published 03/26/22
Ukrainadagi urush va sanksiyalar oqibatida o'g'ir yo'qotishlarga uchragan sohalardan biri bu - fuqarolik aviatsiyasi. Mamlakatlar iqtisodiyoti, xalqaro turizm va migratsiya uchun uning qanday oqibatlari bor? Xalqaro aviatsiya huquqi bo'yicha mutaxassis Rakhmad Sobirov bilan shu haqda suhbatlashdik.
Published 03/19/22
Rossiyaga nisbatan qo'llangan xalqaro sanksiyalar bu mamlakatda ishlayotgan mehnat migrantlariga va O'zbekistonga qanday ta'sir qiladi? Mehnat muhojirlari endi nima qilishi kerak? Mehnat huquqi bo'yicha mutaxassis, huquqshunos Botirjon Shermuhammad bilan shu haqda suhbatlashdik.
Published 03/12/22
O'zbekiston xotin-qizlari erkaklar bilan bir xil huquq va erkinliklarga egami? Bu borada hukumat olib borayotgan ishlar yetarlimi? Xorijdagi o'zbek ayollarining haq-huquqlari qanchalik himoyalangan? Turkiyada yashovchi ayollar huquqlari faoli Feruza Izzat bilan shu haqda suhbatlashdik.
Published 03/05/22
Rossiya Ukrainaga bostirib kirish niyati yo'qligini qayta-qayta ta'kidlashi ortidan qo'shni yurtga nihoyat harbiy bosqin uyushtirdi. Urush qancha davom etadi? G'arb Rossiyaga qarshi qo'llagan sanksiyalar qanchalik samara beradi? Bu urushning O'zbekistonga ta'siri qanday? Shu haqda suhbatlashdik.
Published 02/26/22
AQShga ko'ra, Rossiya Ukrainaga bostirib kirishga qaror bergan va urush bir necha kun ichida boshlanishi mumkin. Rossiya esa bu da'volarni rad etmoqda. Ukrainada urush bo'ladimi? Bu mintaqa va dunyo uchun qanday oqibatlarga olib keladi? Siyosatshunos Xurshid Habib bilan shu haqda suhbatlashdik.
Published 02/19/22
O'zbekistonda axborot texnologiyalari bo'yicha mutaxassis tayyorlashga ixtisoslashgan markazlar ko'payib bormoqda. Bu sohada hozir qanday imkoniyatlar va muammolar bor? "Mohirdev" platformasi asoschisi Anvar Nazrulloh bilan shu haqda suhbatlashdik.
Published 02/12/22
Afg'onistonda Tolibon hukmronligi ostida yashayotgan ko'p millionli o'zbek xalqining qanday xavotir va muammolari bor? Ularning til va madaniyatga oid haq-huquqlari qanchalik rioya qilinmoqda? Turkiyaning Istanbul shahrida yashayotgan afg'onistonlik faollar bilan shu mavzuda suhbatlashdik.
Published 02/05/22
O'qish va ishlash uchun Turkiyaga kelayotgan o'zbekistonliklar soni yildan yilga oshib bormoqda. Ular orasida Turkiyadan uy-joy sotib olib, doimiy yashash uchun kelayotganlar ham oz emas. Turkiyaning Bursa shahrida yashovchi o'zbekistonliklar bilan shu mavzuda suhbatlashdik.
Published 01/29/22
Qozog'istonda yuz bergan norozilik namoyishlarining O'zbekistonda takrorlanishi ehtimoli qanchalik? Bu voqealar so'nggi yillarda jadallashgan Markaziy Osiyo integratsiyasiga qanday ta'sir qiladi? Shu haqda siyosatshunos Alisher Hamidov bilan suhbatlashdik.
Published 01/22/22
Bugungi suhbatdoshimiz - "Bu kunlar" hujjatli romani muallifi, uzoq yillar "Hidoyat" diniy-ma'rifiy jurnalini boshqargan jurnalist va yozuvchi Nurulloh Muhammad Raufxon. Adib bilan "Bu kunlar" romani, O'zbekistonning o'tgan kunlari va buguni hamda din va davlat munosabatlari haqida gaplashdik.
Published 01/15/22
Qozog'istondagi namoyishlar ortida kim turibdi? U xalq g'alayonimi yoki kimningdir siyosiy o'yini? Rossiya askarlarining mamlakatga kiritilgani mintaqa uchun nimani anglatadi? Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov fikrlari bilan tanishing.
Published 01/08/22
2021-yil O'zbekiston uchun qanday kechdi? Mamlakat ichki va tashqi siyosatida qanday muhim o'zgarishlar yuz berdi? Mirziyoyev prezidentligining birinchi muddatiga qanday baho berish mumkin? "Vashington choyxonasi"ning navbatdagi sonida O'zbekistonning o'tgan bir yilini sarhisob qildik.
Published 01/01/22
2021-yil AQSh ichki va tashqi hayotida ko'plab katta voqealar yuz berdi: koronavirusga qarshi vaksinalar yaratildi; 6-yanvar kuni Tramp tarafdorlari g'alayon ko'tardi. Tashqi siyosatda esa Afg'oniston urushining tugashi ulkan voqea bo'ldi. Shu va boshqa yilning muhim voqealarini tahlil qildik.
Published 12/25/21
AQSh Kongressi Vakillar palatasi uyg'urlar majburiy mehnatini to'xtatishga oid qonun qabul qildi. Bir guruh davlatlar, xususan, AQSh fevralda Xitoyda bo'ladigan qishki olimpiadani diplomatik boykot qilganini e'lon qildi. Uyg'urlarning Xitoy zulmiga qarshi siyosiy kurashi o'z natijasini beryaptimi?
Published 12/18/21
Sadir Japarov Qirg'izistonda hokimiyat tepasiga kelganiga bir yil to'ldi. O'tgan vaqt ichida nimalar yuz berdi? Qirg'iziston qaysi yo'ldan ketmoqda? Mamlakatda yana avtoritar rejim yuzaga kelmoqdami? Qirg'izistonlik jurnalist Davron Hotam bilan shu haqda suhbatlashdik.
Published 12/11/21
9-10-dekabr kunlari AQSh global Demokratiya sammitiga mezbonlik qiladi. Anjumandan ko'zlangan maqsadlar nima? Unda kimlar qatnashyapti va kimlar taklif etilmagan? Vashington demokratiya targ'iboti va inson huquqlari himoyasi bo'yicha yana dunyo yetakchiligiga qaytmoqdami? Shu haqda muloqot qildik.
Published 12/04/21
Pandemiya boshlangandan beri AQShda uy-joylarning narxi oshdi. Yangi muhojirlar qachon uy olish haqida o'ylashni boshlashi kerak? Uy olishda nimalarga e'tibor berish lozim? Amerikadagi uylarning narxi qancha? Rieltor Adelya Almetova bilan shu haqda suhbatlashdik.
Published 11/27/21