Episodes
Shaharning muhim joylari, xizmatlar va bizneslar joylashuvi haqida axborot berish va ma'lumot olish muloqotning muhim qismi. Darsimiz ingliz tilida bu mavzuni mustahkamlashga qaratilgan.
Published 09/03/23
8-noyabrda AQSh Kongressi uchun oraliq saylovlar bo'lib o'tadi. Bu saylovning ahamiyati nimada? Saylov ortidan Bayden ma'muriyati ishida va AQSh ichki siyosatida nimalar o'zgarishi kutilyapti? Saylovda qaysi partiya g'olib chiqishi mumkin? Navbatdagi dasturimizda shu savollarni muhokama qildik.
Published 10/29/22
Nurmuhammad Muhammadiyev Jorjtaun universiteti talabasi. Uning singlisi Feruza Muhammadiyeva nufuzli Prinston universitetida o'qimoqda. Aka-singil O'zbekistonda maktabni bitiriboq xorijda o'qishga qaror qildi va dunyoning ko'plab mashhur o'quv yurtlaridan to'liq grant yutib olishga muvaffaq bo'lgan.
Published 10/22/22
Abdulmannon Keskinning ota-onasi 1930-yillarda sovet repressiyasidan omon qolish uchun Namangandan Afg'onistonga o'tgan. Afg'onistonda tug'ilgan suhbatdoshimiz 1980-yillardan beri okean ortida yashaydi. Suhbatimiz Tolibon davridagi xalq, xususan, o'zbeklar hayoti haqida bo'ldi.
Published 10/15/22
Sentabr oyi o'rtasida Qirg'iziston va Tojikiston o'rtasida yuz bergan navbatdagi qonli to'qnashuvlarda yuzdan ortiq odam halok bo'ldi, yana yuzlab kishi yaralandi. Har ikki tomon ixtilofda bir-birini ayblayapti. Tinchlikdan umid bormi? Jurnalist Ozod Mas'ul bilan shu haqda suhbatlashdik.
Published 10/01/22
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ommaviy harbiy safarbarlik e'lon qilib, Rossiya NATO bilan urushayotganini va mamlakatni mudofaa qilish uchun barcha choralar ishga solinishini ta'kidladi. Bu yadro urushi yaqinlashayotganini anglatadimi? Siyosatshunos Hamid Sodiq bilan shu haqda suhbatlashdik.
Published 09/24/22
Samarqandda Shanxay sammiti bo’lib o’tdi. Tashkilot tarkibidagi Xitoy eng qudratli davlatlardan. Tahlilchilarga ko’ra, Xitoy Markaziy Osiyoni o’ziga qaram qilib olyapti. Mintaqa davlatlari uyg’urlar muammosiga ko’z yummoqda. Uyg’urlar masalasiga doir lavhamizni yana bir bor tomosha qiling.
Published 09/17/22
Afg'onistonda Tolibon hukmronligi o'rnatilganiga bir yil to'ldi. Nega Afg'oniston armiyasi jangsiz taslim bo'ldi? Tolibonning tez g'alaba qozonishiga kimlar yordam berdi? Buning sabablari nimada? Afg'oniston Havo kuchlari razvedka xizmati sobiq ofitseri Zikrulloh Amirzoda bilan shu haqda gaplashdik.
Published 09/10/22
Ijtimoiy tarmoqlar kuchli fuqarolik jamiyatini qurishga xizmat qiladimi yoki jamiyatni parokandalikka yetaklashi mumkinmi? Onlayn axborot maydoni bahs-munozaralar markaziga aylanib borar ekan, mutaxassislarni shu savol qiynamoqda. Ekspert To'lqin Umaraliev bilan shu mavzuda suhbatlashdik.
Published 09/03/22
O'zbekistonda ayollarga oid an'anaviy qarashlarni savol ostiga olayotgan faollar ko'paymoqda. Jamiyat dindorlashib borar ekan, ayolning o'rni qayerda degan savol ustida yangi ziddiyat va bahslar o'rtaga chiqmoqda. Jurnalist va ayol huquqlari faoli Dilbar Haydarova bilan shu mavzuda suhbatlashdik.
Published 08/27/22
90 dan ortiq mamlakatda tarqalgan va tez ko'payib borayotgan maymunchechak qanday kasallik? Uning davosi bormi? Nega u, asosan, gomoseksual erkaklar orasida uchrayapti? Boshqalarga ham yuqishi mumkinmi? Kaliforniya universiteti professori, virusolog Sharof Tugizov bilan shu haqda suhbatlashdik.
Published 08/20/22
Rossiyada mehnat muhojirlarini harbiy xizmatga yollashga chaqiriqlar kuchaygani xabar qilinmoqda. Migrantlar bu da'vatga qanday javob bermoqda? Nima uchun aksariyat mehnat muhojirlari Ukraina urushida Rossiyani qo'llab-quvvatlamoqda? Huquqshunos Botirjon Shermuhammad bilan shu haqda suhbatlashdik.
Published 08/13/22
AQSh Kongressi Vakillar palatasi Spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi Xitoyni darg'azab qildi. Buning sababi nimada? Xitoy Tayvanga qo'shin tortishi mumkinmi? AQSh va Xitoy o'rtasida harbiy ixtilof yuz berishi ehtimoli qanchalik? "Vashington choyxonasi"da shu mavzularni muhokama qildik.
Published 08/06/22
Avgust oyida Afg'onistonda Tolibon hukumatni egallaganiga bir yil to'ladi. Mamlakat uchun o'tgan bir yil qanday kechdi? Xalqaro hamjamiyat va Tolibon aloqalari qanday? Tolibon bergan va'dalarining ustidan chiqdimi? Dasturimizning navbatdagi sonida shu mavzularni muhokama qildik.
Published 07/30/22
Qirg'izistonda Markaziy Osiyo yetakchilari nima haqda gaplashdi? Ular borgan sari Rossiyadan uzoqlashyaptimi? Qoraqalpog'iston kelajakda yana boshog'riq bo'lishi mumkinmi? Siyosatshunos Anvar Nazir bilan shu haqda suhbatlashdik.
Published 07/23/22
Aholi deyarli to’liq emlansa ham koronavirusning yangi variantlari, kasallikning yangi to’lqinlari chiqishda davom etyapti. Nega koronavirusni yo'q qilib bo'lmayapti? Odamzot endi doim shunday yashaydimi? Pandemiyani butunlay tugatish mumkinmi? Virusolog Sharof Tugizovga shu savollarni berdik.
Published 07/16/22
AQShda oxirgi 1-2 yilda yuk tashish biznesi gurkirab o'sdi. Shu sohada ishlayotgan ko'plab o'zbekistonliklar mo'may daromad topdi. Ammo oxirgi oylarda bu sohada ham ish susaygan. Yuk tashish biznesining kelajagi qanday? "HnD Trucking" kompaniyasi rahbari Suhrob Ismoilov bilan shu haqda gaplashdik.
Published 07/09/22
O'zbekistonda prezident qarori bilan jurnalistlarni yanada rag'batlantirish, ularga soliq imtiyozlari berish kabi qator choralar e'lon qilindi. Jurnalistikani rivojlantirish uchun shunday rag'batlar kerakmi? O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Olimjon O'sarov bilan shu haqda suhbatlashdik.
Published 07/02/22
O’zbekiston Konstitutsiyasiga jiddiy o’zgarishlar kiritilishi kutilmoqda. Ular nimalardan iborat va bunga qanchalik zarurat bor? Bu o’zgarishlar Prezident Shavkat Mirziyoyevga saylovda yana qatnashish huquqini beradimi? Jamoat faollari Sardor Salim va Xurshid Yo’ldoshev bilan shu haqda gaplashdik.
Published 06/25/22
AQSh Kongressi maxsus komissiyasi o’tgan yili 6-yanvarda yuz bergan qo’zg’olonni qayta taftish qilmoqda. Kapitoliyga qilingan hujum ortida sobiq prezident Donald Tramp turibdimi? Komissiya xulosasi asosida Tramp jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinmi? Shular haqida gaplashdik.
Published 06/18/22
"Yozgi ish va sayohat" dasturi xalqaro talabalarga yozgi ta'til paytida AQShda yashash va ishlash imkoniyatini beradi. O'zbekistonlik Gulmira Hotamova shu dastur asosida yaqinda AQShga kelgan. Bu imkoniyatni qo'lga kiritish uchun nimalar qilish kerak? Gulmira bilan shu haqda suhbatlashdik.
Published 06/11/22
16-may kuni Nyu-Yorkdagi "Navro’z" oziq-ovqat do’konida ikki erkak orasida janjal chiqib, biri pichoqlangan. Pichoq urgan ham, jabr ko’rgan ham o’zbek ekani Amerikadagi vatandoshlarni larzaga keltirdi. Suhbatdoshimiz - Nyu-Yorkdagi o’zbekistonliklar jamiyati faoli Sanjar Babajanov.
Published 05/28/22
Moskvada o'tgan KXShT yig'inida alyansni kengaytirish haqida so'z bordi. Rossiyaning yaqin ittifoqchisi Belarusga ko'ra, yaqin yillarda KXShTga o'nlab davlatlar qo'shiladi. Rossiyaning maqsadi nima? O'zbekiston KXShTga qo'shiladimi? Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov bilan shu mavzuda suhbatlashdik.
Published 05/21/22