Chaqmoq FM #0. Texnologiyalar haqidagi podkast taqdimoti.
Listen now
Description
Salom! Va nihoyat, anchadan beri oʻylab yurgan rejalarimdan birini amalga oshirdim. Bu texnologiyalar haqidagi podkast. Menga shu jadallik bilan rivojlanayotgan texnologiyalarni muhokama qilish juda qiziq. Va turli boshqa odamlar bilan ham: podkastning har bir epizodiga turli mehmonlar chaqirish rejalashtirilgan. Baʼzi epizodlarini esa toʻlaqonli biror mavzuga bagʻishlash mumkin. Har oy kamida bittadan epizod chiqarmoqchiman. Podkast deyarli barcha platformalarda chop etiladi: Apple, Google, Spotify, Yandex Musiqa kabi. Va albatta, “Farhodjon yashayapti” nomli telegram kanalimda har bir epizod eʼlon qilinadi. Podkast nomi esa: Chaqmoq FM! Aytgandek, podkastlarni qayerdan topishim, qanday, qachon eshtishim haqidagi tajribani blogimda yozdim. Podkastlar bilan tajribasi kam odamlarga asqotadi. https://farhodjon.uz/blog/podcasts/ Xullas, koʻrishguncha!
More Episodes
Ushbu epizod ovoz va audio bilan uzoq yillar davomida ishlab kelgan, Oriat Dono radiosida boshlovchilik qilib kelgan va “Birinchi podkast”ning asoschilaridan biri — Jamshid Nazarov bilan 2020-yil 5-avgustda yozildi. 00:01:05 - Podkastlar tarixi, bizning tajribamiz, ruscha podkastlar 00:47:01 -...
Published 08/16/20
Ushbu epizodning mavzusi toʻlaqonli WWWDC 2020 konferensiyasi va unda taqdim qilingan yangiliklar haqida. Mehmonlar: Nodir Xalilov va Nuruddin Iminoxunov. Nodir — mahsulot dizayneri, Nuruddin esa mahsulot menejeri. Ikkovi ham Apple platformasiga qiziqadi va mobil ilovalar ishlab chiqarish...
Published 07/07/20
Oʻyinlar haqidagi dildan va uzoq suhbat Ilxom Xodjayev bilan boʻldi. Bu epizod 2020-yil 27-iyunda yozildi. 00:00:30 - Oʻyinlarga kirib kelish 00:19:33 - Fallout 00:22:25 - Gothic 00:37:43 - The Elder Scrolls III: Morrowind 00:58:01 - Mass Effect, Dragon Age 01:07:24 - Yangi avlod...
Published 07/03/20